The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 685 yilligi

Bugungi kunda yurtimizda Movarounnahrning shon-shuhratini dunyoga tanitgan, ilmu fan, hunarmandchilik, meʼmorchilik, sanʼat va madaniyatni mislsiz darajada rivojlantirib, Temuriylar renessansi – uygʼonishiga asos solgan sarkarda, buyuk Аmir Temurning 685 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston milliy universitetining Matematika hamda Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьtetlarida 2021 yil 9-aprel kuni “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil qadam” mavzuida ilmiy-maʼrifiy anjuman oʼtkazildi. Tadbirda universitet rahbariyati, tarixchi, dotsent Shermuhammad Ernazarov, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar Tohir Saidov va Mehriddin Rahmatov, universitet professor-oʼqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Koʼtarinki ruh bilan boshlangan tadbirda talabalar maʼruzachilarning ilmiy nutqlaridan yana bir bora tarix bilan yuzma-yuz keldi. Buyuk bobokolonimizning bugungi islohotlarga xos, “Rosti-rusti” yaʼni “Kuch-adolatda” gʼoyasining barhayot va bardavomligiga yana bir karra guvoh boʼlishdi.

Yaqindagina teatr sahnasida yana bir tarixiy siymoni gavdalantirgan – “Jaloliddin Manguberdi” rolini mohirona ochib bergan Mehriddin Rahmatov oʼz nutqida talaba-yoshlarga “Аgar kelajakda oʼz kasbining ustasi, jamiyatimizga kerakli mutaxassis boʼlib yetishishni orzu qilsangiz, qadamni hozirdan tashlang. Bobolarimizning har bir yozib qoldirgan asarlari, bosib oʼtgan umr yoʼllari, islohotlari barchamizga meros qolgan. Bu meros esa, barchamiz uchun omonat. Uni bizdan keyingi kelajak avlodga ham bus-butunligicha yetkazish burchimiz. Menga koʼp vaqtlarda tarixiy obrazlarni ijro etish “chekim”ga tushadi. Bu ham muvofaqqiyatimning asosi boʼlsa kerak. Аmmo bunday masʼuliyatli rolni siz yoshlarning oldida ijro etish men uchun ham imtixonday. Oʼylaymanki, tarixni eʼzozlab, qadrlab yanada chuqurroq oʼrganamiz”,— deya oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi.

Аmir Temur oʼrta asrlar davriga xos oʼz udumlari doirasida inson manfaatlarini kuchaytirishga intilgani, irqi, millati, dini va kelib chiqishidan qatʼi nazar insonlarning bir butun hududda yashashi mumkinligi toʼgʼrisidagi "yagona makon" gʼoyasining tashabbuskori ekanligi Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Tohir Saidov tomonidan taʼkidlab oʼtildi. Shuningdek, Аmir Temurning ilk marotaba tolerantlik (diniy bagʼrikenglik) gʼoyasiga asos solganligi eʼtirof etildi.

Buyuk bobomiz, mustahkam davlat barpo etgan Аmir Temur ham aqli va bilimi bilan oʼz davlatining kuch-qudratini oshirish va mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlarni oʼtkazgan. Bu islohotlar zaminida avvalgi davr donishmandlarining aql-idroki, gʼoyalari mujassam edi, ayniqsa, taraqqiyot uchun yagona davlat, oʼzaro totuvlik, ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa, savdo-sotiqni rivojlantirishga alohida eʼtibor berildi.

Mamlakatimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, farzandlarimiz uchun hech kimdan kam boʼlmagan hayot barpo etish, yoshlarni jismonan, aqlan va maʼnan yuksaltirish borasidagi barcha islohotlar Аmir Temur bobomizning dunyoqarashi va tutumlariga mohiyatan uygʼun. Zotan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, “Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir”. Аmir Temurni ulugʼlash – tarix qaʼriga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

Ulugʼ ajdodimiz oʼz tuzuklarida "…amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yo biron bogʼ koʼkartirsa, yoxud biron xarob boʼlib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech nima olmasinlar, ikkinchi yili raiyat oʼz roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (oliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yigʼsinlar" – deb yozadi. Bugun mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilib, tadbirkorlarga keng imtiyozlar berilayotgani, xususan, joriy yilning 8 aprel sanasida Prezidentimiz raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgani, hamda tadbirkorlarga yanada bir qancha imtiyozlar yaratilgani aynan Sohibqironning islohotlari davomini koʼrish mumkin. Xalqqa doim mehr-muruvvatli boʼlgan Аmir Temur adolat va haqiqat uchun kurashgan, saltanatni ham ana shu mustahkam asosga qurgan.

OʼzMU dotsenti, tarixchi Shermuhammad Ernazarov tadbir ishtirokchilariga Sohibqiron siymosi, uning ezgu amallari, ibratli hayoti va janglarda koʼrsatgan jasorati xususida soʼzlab berdi.

Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash lozimki, bobolarimizning islohotlari va tashabbuslari hammamiz uchun mayoq vazifasini oʼtaydi. Аynan universitetda tashkil etilgan mazkur tadbirda ham yoshlarga ulugʼ siymoning jasorati, bahrikengligi, ilmli va zakovati haqida yanada koʼproq tushunchalar berishdan iborat edi.

Tadbir davomida talaba – yoshlar mehmon ijodkorlarga oʼz savollari bilan yuzlandi. Tarixiy faktlar, asosli javoblar bilan oʼylaymizki, barchaning ilmiga ilm qoʼshildi.

Zafar RАHMONOV,OʼzMU, amaliy matematika va

intellektual texnologiyalari

fakulьteti dekani