The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

TАBRIKLАYMIZ!

2021 yilda Scopus bazasida indeksatsiya qilingan nufuzli jurnallarda maqolalar chop etgan fakulьtetlar reytingi:

I . Fizika fakulьteti;
II. Matematika fakulьteti;
III. Biologiya fakulьteti.

Shuningdek, Scopus bazasida yanvarь-iyunь oylarida nashr qilingan maqolalar soni 137 tani tashkil etadi.
Maʼlumot oʼrnida, Scopus – bu taqriz qilinayotgan adabiyotlar: ilmiy jurnallar, kitoblar, va konferentsiya materiallarida berilgan havolalar haqidagi qisqacha tavsif va maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan eng yirik maʼlumotlar bazalaridan biridir. Scopus ilm-fan, texnika, tibbiyot, sotsiologiya, sanʼat va gumanitar fanlarning turli sohalarida dunyo tadqiqot natijalari haqida keng qamrovli maʼlumotlar berib, tadqiqotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizuallashtirish uchun intellektual vositalarni taklif etadi.

2021 yilda universitet oʼquv jarayoniga xorijlik professor-oʼqituvchilarning jalb etilganligi boʼyicha fakulьtetlar kesimida tahlil quyidagicha:
I. Ijtimoiy fanlar fakulьteti;
II. Xorijiy filologiya fakulьteti;
III. Kimyo fakulьteti.

Oʼquv jarayoniga xorijlik professor-oʼqituvchilarning jalb etilganligi boʼyicha kafedralar kesimidagi tahlilda quyidagi kafedralar koʼrsatkichi yuqori:
I. “Falsafa va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi;
II. “Rus filologiyasi” kafedrasi.

Universitetga jalb qilingan xorijiy professor-oʼqituvchilar soni jami 108 nafarni tashkil etadi. Barcha taqdirlangan fakulьtetlar, kafedralar jamoasini va professor-oʼqituvchilarni universitet rahbariyati nomidan tabriklaymiz. Universitetning xalqaro reytingini oshirish ishlaridagi faolligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.