The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

TABRIKLAYMIZ!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-son farmonlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, 2021-2022 o'quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan quyidagi iqtidorli talabalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To'lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov) tayinlandi:
2021/2022 o'quv yilida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori: 

  • O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti Matematika yo`nalishi 4-bosqich talabasi SAMATBOYEVA MAFTUNA TULQINJON QIZI 

Ilmiy rahbar: Turdiboyev Rustam Mirzaliyevich - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) 


2021/2022 o'quv yilida Ulug'bek nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari:

  • O'zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika va informatika yo`nalishi 3-bosqich talabasi SULAYMONOV ILYOSXO'JA ABDIRASUL O'G'LI 

 Ilmiy rahbar: Varisov Aziz Kenjabayevich - fizika-matematika fanlari doktori, professor

  • O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti Matematika yo`nalishi 4-bosqich talabasi QUROQBOYEV SHOHZOD IBODULLAYEVICH

Ilmiy rahbar: Haydarov Farxod Xalimjonovich - O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti "Algebra va funksional analiz" kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)

  • O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti Matematika yo`nalishi 4-bosqich talabasi RAJABOVA NILUFAR KOMILJONOVNA

 Ilmiy rahbar: Xudayberdiyev Abror Hakimovich - O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti "Algebra va funksional analiz" kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori


 2021/2022 o'quv yilida Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori: 

  • O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish: ingliz tili yo`nalishi 3-bosqich talabasi AZIMOVA NILUFAR RAVSHAN QIZI  

Ilmiy rahbar: Djumabayeva Jamila Sharipovna - O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tilshunosligi" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori


2021/2022 o'quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari: 

  • O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish: ingliz tili yo`nalishi 3-bosqich talabasi ABDUKARIMOV VALIXON ABDUXAMID O'G'LI

Ilmiy rahbar: Djumabayeva Jamila Sharipovna - O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tilshunosligi" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori

  • O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo`nalishi 3-bosqich talabasi KUVATOVA GULBONU MURODULLAYEVNA

 Ilmiy rahbar: Abdullayev Bobur Askarjononich- O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Psixologiya" kafedrasi o`qituvchisi

  • O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish: nemis tili yo`nalishi 3-bosqich talabasi DAVRONOV JAMSHIDBEK QOSIMJON O'G'LI

 Ilmiy rahbar: Imyaminova  Shuxratoy Salijonovna - O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Nemis filologiyasi" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, professor

  • O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 3-bosqich talabasi ZAIROV ASADBEK SAYFULLO O'G'LI

Ilmiy rahbar: Muhammadiyeva Oynisa Mustafakulovna - O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi

Shuningdek, iqtidorli talabalarimizning ilmiy rahbarlariga belgilangan tartibda bir oylik maoshi miqdorida moddiy rag'batlantiriladi. Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabalarimizni, ustozlari va ota-onalarini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz. Talabalarimizning yutuqlari bardavom bo`lsin.

O’zMU Axborot xizmati