1. Malisheva Mariya Yevgeniyevna 1984-yil 01-fevral Yangiyo’l shahrida tugʻilgan, millati rus.
2. Malisheva Mariya Yevgeniyevna OʻzMUda, 2005-yil fizika ta’lim yoʻnalishi bakalavriatura, OʻzMUda 2007-yil Fizika (fan yoʻnalishlari boʻyicha) mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan.
3. Malisheva Mariya Yevgeniyevna fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Магнитооптика некрамерсовских ионов Eu3+ , Тb3+ и Pr3+ в парамагнитных кристаллах” mavzusida dissertasiyasini Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Ion – plazma va lazer texnologiyari imstituti (Toshkent shahri) huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 30.05.2018. FM/T.65.01 raqamli ilmiy Kengashda 01.04.05 – Optika ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan va Oliy attestasiya komissiyasi (OAK)ning 2019-yil 31-oktyabrdagi 270/1-son bayonnomasiga asosan PhD ilmiy darajasi berilgan (diplom 01 № 002036).
Oʻzbekiston Milliy universitetida “Optika va lazer fizikasi” kafedrasida 2011-2017 yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi, “Fotonika” kafedrasida 2018 yilda o‘qituvchi, “Fotonika” kafedrasida 2021-yil katta oʻqituvchi, “Fotonika” kafedrasida 2022 yil dotsent vazifasini bajaruvchi, “Fotonika” kafedrasida 2024-yil katta oʻqituvchi, 2025 -yildan boshlab “Fotonika” kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchisi.