The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

TEIKYO (Yaponiya)universiteti bilan ilmiy hamkorlik muhokamasi

6 may kuni Toshkentdagi O‘zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirova, direktor o‘rinbosari Zuhra Qodirova va JICA markazi maslahatchisi Yanagida Yukinorilar O‘zbekiston Milliy universiteti tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova va xalqaro reytinglarda ishlash bo‘limi boshlig‘i Aziza To‘rakulovalar kutib olishdi.

Tashrifdan maqsad Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri TEIKYO universiteti bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatish hamda ikki universitet shuningdek, O‘zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashdan iborat. Uchrashuvda O‘zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirova markazning respublikada ilmiy-innovatsion salohiyatni oshirish maqsadida fan va texnologiyalar sohasida olib boradigan faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi. Markaz Sharqiy Osiyo mintaqasida, balki butun jahon ilmiy hamjamiyatida tan olingan Yaponiya kabi rivojlangan davlatning yetakchi ilmiy tashkilotlari bilan olib boradigan faoliyati, talabalar uchun e’lon qilib boriladigan turli xil dasturlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Tomonlar universitetlararo ilmiy loyihalarni hamkorlikda yozish, magistr va doktorantlarning ilmiy stajirovkasini yo‘lga qo‘yish, universitet qoshidagi korxonalarda amaliyat o‘tash kabi masalalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Memorandum bandlari, hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin kunlarda TEIKYO universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuvda batafsil to‘xtalinishiga kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor

Raima Shirinova