The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Tilimiz – millatimiz qiyofasi

O‘zbek filologiyasi fakultetida Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan “Tilimiz - millatimiz qiyofasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Professor Hamidulla Boltaboyev, fakultet dekani Muzaffar Chorshanbiyev hamda kafedra mudiri, professor Nilufar Abduraxmonova so‘zga chiqib, kechani ochib berishdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatridan O‘zbekiston xalq artisti Zuxra Ashurova hamda aktyor Farrux Botirov mehmon bo‘lib, badiiy asarlardan monologlar o‘qishdi.

Tilimizning milliy maqomi va uning ta’lim-tarbiyadagi roli, qolaversa, xalq ma’naviyatini shakllantirishda ona tilining ahamiyati haqida davra suhbati qurildi. Xalqaro Nordik universiteti talabasi Suyunboyeva Mohichehraning dutor milliy cholg‘usida ijro etgan kuylari tadbirga fayz bag‘ishladi.

O‘zMU Axborot xizmati