The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Xalqaro ilmiy loyihalarda olimlar hamkorligi

Joriy yilining 4 may kuni Fudanь universitetining (Xitoy) xalqaro hamkorlik departamenti rahbari Lu Xiaoline va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʼyicha xalqaro ilmiy loyihalar boʼyicha direktor А.S.Djadalievlar hamkorlik taklifi bilan Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

Maʼlumki, Fudan universiteti xalqaro QS reytingida 34 va THE 70 oʼrinni egshallagan nufuzli universitelardan biri hisoblanadi.

Mazkur uchrashuvda Fudanь universiteti vakili Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan ilmiy yoʼnalishda hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan har yili eʼlon qilib boriladigan xorijiy universitetlar uchun ajratilgan dasturlarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Lu Xiaoline 2021 yil may oyining oxiriga qadar eʼlon qilingan 5 ta yoʼnalish yaʼni ilgʼor ishlab chiqarish, kasalliklarning oldini olish, infratuzilma muhandisligi, energiyani tejash va chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari boʼyicha taqdimot qildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan biologiya fakulьteti professori, biologiya fanlari doktori Laziza Ikramovna universitetda biologiya va tuproqshunoslik yoʼnalishida amalga oshiriladigan loyihalar toʼgʼrisida maʼlumot berdi va hamkorlikda mazkur dasturda ishtirok etishini bildirdi.

Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor

Raima Shirinova