The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Xitoy Xalq Respublikasining Nankin universiteti bilan hamkorlik aloqlari o’rnatilmoqda

Joriy yilning 15-iyul kuni dunyoning Top-100 universitetlari qatoriga kiruvchi Nankin universiteti kengashi raisi, prof. Tieniu Tan boshchiligidagi delegatsiya Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Mehmonlar bilan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Yoqub Ergashоv boshchiligidagi vakillar hamkorlik doirasida fikr almashishdi.



Xususan, ikki universitet professor-o'qituvchilarini ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb qilish orqali hamkorlikda qo'shma loyihalarni amalga oshirish, almashinuv dasturlarida doirasida O'zMU talabalari va doktorantlarini bir semesrtga Nankin universitetiga yuborish, malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etish hamda birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazish kabi takliflar bildirildi.

Ushrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi hamkorlik dasturi – “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.