The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

XXI asrda ijtimoiy gumanitar fanlar

2021 yil 7-8 oktabr kunlari Muxtor Auzev nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida Qozog‘iston Respublikasining 30 yilligiga bag‘ishlangan "Sotsialno gumanitarnie nauki XXI veke" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Rossiya, Turkiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, AQSH kabi davlatlar olimlari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri f.f.d., professor Niginaxon Shermuxamedova "Novie gorizonti Uzbekistansko - Kazaxstanskix otnosheniy" mavzuida, Etika va Estetika kafedrasi mudiri, f.f.n., professor Lalixon Muxammadjonova "Obsujdeniye problemi cheloveka v razvitiye istorii nravstvennogo mishleniya" mavzuida ma’ruza etdilar. Ushbu konferensiya yakunida 2022-2023 o‘quv yilida Janubiy Qozog‘iston universitetida Falsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma dasturning loyihasi va o‘quv rejasi muhokama qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati