The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

YANGI OʼZBEKISTONDА PEDАGOGIKА FАNINI INNOVАTSION RIVOJLАNTIRISH ISTIQBOLLАRI: NАZАRIYA VА АMАLIYOT

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyunьdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3775-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020010829-sonli loyihasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 6 oktyabrь kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi tashabbusi bilan “Yangi Oʼzbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot” mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʼtkazildi.
Konferentsiyaning asosiy maqsadi Yangi Oʼzbekistonni barqaror rivojlantirishda uzluksiz taʼlimdagi muammolarga samarali yechimlar taklif etish, zamonaviy taʼlimni rivojlantirishda pedagogik va axborot texnologiyalarning oʼrni, talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqotga yoʼnaltirishdagi ilgʼor tajribalarni ommalashtirish, shuningdek, pedagogika fanlari doktori Xol Jumaevich Xudayqulovning koʼp yillik pedagogik tajribasi va talaba-yoshlarga ustoz sifatidagi ibrat maktabini targʼib qilishdan iborat.
Konferentsiyada ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Xikmat Saburov ochib berdi.
Pedagogika fanlari doktori Xudoyqulov Xol Jumaevichga Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining faxriy yorligʼi, Oʼzbekiston Milliy universiteti rektorining faxriy yorligʼi va universitet jamoasining tabrigini topshirildi.


Konferentsiyada taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan professor-oʼqituvchilar, tadqiqotchi-doktorantlar va talabalar 150 ga yaqin maqolalar bilan ishtirok etishdi. Taqdim etilgan maqolalarda pandemiyadan keyingi taʼlim sifati va uni rivojlantirish mexanizmlari, oʼqitishning АKTga asoslangan modellari - flipped classroom, blended learning, oʼqitishga geymifikatsion yondashuvlar tadqiq etilgan va muhokama qilingan. Shuningdek, maqolalarda yetuk mutaxassislar tayyorlashda taʼlimning qoʼshma dasturning asosida tashkil qilinishi, talabalar va professor oʼqituvchilarning akademik mobilligini oshirish, taʼlimning internatsionallashuviga erishish masalalari yoritilgan.
Shuningdek, pedagogika fanlari doktori Xol Jumaevich Xudayqulovning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida Termiz Davlat unversiteti, Toshkent shahar Nuroniylar jamoatchilik kengashi, Buxoro Davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, Samarqand veterinariya meditsina instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Toshkent Davlat Transport universiteti Chirchiq davlat pedagogika instituti hamda Qozogʼiston, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasidan olim va professorlar maʼruzalar qildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferentsiya yakunida soha mutaxassislari va boshqa ishtirokchilar tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʼyicha yakuniy xulosalar va yechimlar belgilab olindi.

OʼzMU Аxborot xizmati