The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

YANGI O‘ZBЕKISTON-YANGICHA DUNYOQARASH

Avval xabar berganimizdek, “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida Andijon viloyatida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov bosh professor-o‘qituvchilar ishtirok etayotgan bu targ‘ibot guruhi Andijon viloyatining qator tumanlarida bo‘lishdi. Ular amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad xalqimizni rozi qilish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularni yolg‘izlatib qo‘ymaslik ekanligini yana bir bor bildirishdi.

Bunday tadbirlar Andijon viloyatining barcha tuman, qishloq, mahallalarida, korxona va ishlab chiqarish ob’ektlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, xonanda Baxriddin Zuhriddinov kabi el e’zozidagi olimlar, san’at arboblari, ijodkorlar ishtirok etmoqda.

Bugun Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi ahli, yosh xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab kelayotgan tikuv fabrikasi ishchilari va Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari uchun bo‘lib o‘tdi.

Muloqotlar davomida yurtimiz ravnaqi, yoshlarimizning kelajagi, xalqimizning faravon turmushi uchun hamjihatlikda, mehr-oqibatda bo‘lib, yaratuvchanlik, izlanish va bilim olish yo‘lida sobitqadamlik bilan, shukronalik, tinchlik sari qo‘yiladigan har bir qadam, har bir fikr va tashabbus e’tiborga loyiqligini andijonliklar e’tirof etishdi.

Andijonda ochiq va samimiy muloqotlar, davra suhbatlari davom etmoqda.

“Mard o‘g‘lonlari bor yurtning tunlari osuda, tonglari nurli!” Milliy gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvdan fotolavhalar

“Choklariga mehr qo‘shib tikadigan o‘zbek ayollari davrasida…” Andijonning chevaru chechan ayollar bilan

“Qushning ham ini bor…” Vatan ichra “vatan”li bo‘lgan xo‘jaobodliklar bilan bir kun.

O‘zMU Axborot xizmati