The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Yevropa va Markaziy Osiyoda ijtimoiy xizmat xodimlari va ijtimoiy xizmat xodimlarining malakasini oshirish

2021 yilning 20 sentabr kuni Kolumbiya universiteti ko‘magida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va YUNISЕF tomonidan tashkil etilgan "Yevropa va Markaziy Osiyoda ijtimoiy xizmat xodimlari va ijtimoiy xizmat xodimlarining vakolatlarini takomillashtirish" trenerlari uchun trening ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Birlashgan Millatlar tashkiloti bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF), Kolumbiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda viloyatdagi OTM soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Unda ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, ijtimoiy ish sohasida ta’lim sifatini oshirishga asosiy ahamiyat berilmoqda.
Yakunda qayta tayyorlash kurslarining 1-bosqichi bitiruvchilariga tabriklar yo‘llanib, trenerlar uchun yangi trening vakillari bilan qisqa brifing o‘tkazildi.

O‘zMU Axborot xizmati