Erasmus+ loyihasi doirasida Sivas Universiteti professorlari O‘zMUga tashrif buyurdi

     2025-yil 25-may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasiga Turkiyaning Sivas Universitetidan xalqaro bo’lim boshligi Emre Seven va o’qituvchi Elvina Seven Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA107 “International Mobility for Credits between program countries and partner countries” loyihasi doirasida tashrif buyurdilar. Ular Xorijiy filologiya fakul’teti professor-o‘qituvchilari uchun «Intercultural Communication” va “Uzbek and Crimean Tatar musicians” mavzusida ma’ruza o’qidilar.
Mazkur xalqaro hamkorlik universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajribasini kengaytirish hamda ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.