Ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda, yurtimiz vakillari Olimpiya, Jahon va Osiyo o‘yinlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda Taekvondo (WTF) sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar o‘rtasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi №-3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti tarkibida Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq fakultetning asosiy vazifalari belgilab berildi. Unga ko‘ra, Taekvondo (WT) sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirib borish, yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash, respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O’zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.

jamoasining ilm-fan, ta’lim, ma’rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta’lim tizimini shakllantirishdagi alohida o‘rni va xalqaro nufuzini e’tiborga olib, Bakalavriat 61010300–Sport faoliyati: Taekvondo (WT, Kurash, Dzyudo, Regbi, Erkin kurash), 5230213 – Menejment (Sport
tadbirlarini tashkil etish va boshqarish), Sirtqi 61010300– Sport faoliyati va Menejment (Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish) hamda Magistratura 71010201-Sport faoliyati: Taekvondo va 71010203- Menejment ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan.
Yuqori malakali trener hamda o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadtgan professional sportchimlar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlari ishlab chiqildi.

Taekvondo va sport faoliyati fakultetida talaba-yoshlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida Sport faoliyati (Taekvondo WT, Regbi, Kurash, Dzyudo va Erkin kurash ) ҳамда Sport menejmenti (Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish) ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Taekvondo va sport faoliyati fakultetida o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish belgilandi. Natijada, har yili 30 ga yaqin ilmiy maqola (shundan 10 dan ziyodi xorijda), 5 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va ilmiy-uslubiy ishlar hamda 2021 yildan o‘tkazib kelinayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika va xalqaro ta’lim muassasalari ilmiy-amaliy anjumani to‘plamlari chop etilmoqda.
Talaba-yoshlarni o‘z iqtidori va saloxiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun universitet sport majmuasida 15 dan ortiq sportning Yakkakurash va Sport o‘yinlari to‘garaklari hamda talabalarning o‘zini rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida fakultetimizda “Yosh olimlar” maktabining faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi.
Fakultetimiz talaba-yoshlarining muntazam shug‘ullanib, o‘zlarining sport malakalarini oshirishlari uchun universitet sport majmuasi zamon talablari asosida to‘liq ta’mirlandi va yangi sport inshootlari, ochiq sport arenalari tashkil qilindi, 15 dan ortiq sport to‘garaklarida talaba-yoshlar sportning Yakkakurash va Sport o‘yinlari bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Buning natijasida, fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari

(Taekvondo WT) va Ziyoda Isoqovalar (Partaekvondo) medallar bilan qaytishdi.
Bugungi kunda, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi, universitet rahbariyatining talaba-yoshlarga o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyish qilishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan xolda, talabalarimiz o‘z minnatdorchiliklarini xalqaro sport maydonlarida yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, tengdoshlari orasida tengsiz deb, ifodalanishi, fakultet va universitet ustozlarini yakdillik bilan ulkan maqsadlar sari oldinlashga undab kelmoqda.
Fakultetimizda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz orasida 4 nafar Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorlari, Jaxon chempionati g‘oliblari va sovrindorlari 17 nafar, Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari 29 nafar, nufuzli xalqaro musobaqalar va Respublika chempionatlari g‘olib va sovrindorlari 200 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar tashkil etmoqda.
Iqtidorli sportchi-talabalarimiz orasida 2 nafari Zulfiya (Svetlana Osipova va Iroda Umirzakova) nomidagi davlat mukofoti soxibasi, 1 nafar Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi soxibi (Muxlisa Ergasheva), 1 nafar Paxlavon Maxmud davlat stipendiyasi soxibi (Dildora Isroiljonova), 1 nafar Prezident stipendiyasi soxibi (Mushtariy Razzoqova) taxsil olishmoqda.
Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilib kelmoqdalar.