Taekwondo va sport faoliyati

Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
RAXIMOV VLADIMIR SHAVKATOVICH
RAXIMOV VLADIMIR SHAVKATOVICH

Dekan

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 14:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

RAVSHANOV GOLIBJON XAMRAKULOVICH

RAVSHANOV GOLIBJON XAMRAKULOVICH

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

KARIMOV ULUG‘BEK RAXIMOVICH

KARIMOV ULUG‘BEK RAXIMOVICH

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00-18:00

Manzil:

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Fakultet tarixi

Ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda, yurtimiz vakillari Olimpiya, Jahon va Osiyo o‘yinlari hamda nufuzli  xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda Taekvondo (WTF) sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar o‘rtasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

O’zbekiston Respublikasida Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida,

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi №-3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti tarkibida Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq fakultetning asosiy vazifalari belgilab berildi. Unga ko‘ra, Taekvondo (WT) sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirib borish, yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash, respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O’zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va fanning ustuvor sohalari belgilab olindi va fakultet  professor-o‘qituvchilari

jamoasining ilm-fan, ta’lim, ma’rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta’lim tizimini shakllantirishdagi alohida o‘rni va xalqaro nufuzini e’tiborga olib, Bakalavriat 61010300–Sport faoliyati: Taekvondo (WT, Kurash, Dzyudo, Regbi, Erkin kurash), 5230213 – Menejment (Sport
tadbirlarini tashkil etish va boshqarish), Sirtqi 61010300– Sport faoliyati va Menejment (Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish) hamda Magistratura 71010201-Sport faoliyati: Taekvondo va 71010203- Menejment ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan.

Yuqori malakali trener hamda o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadtgan professional sportchimlar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda fakultetimizda 37 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan, 11 nafarini ayollar tashkil etadi. Professor-o‘qituvchilarimizdan 2 nafari fan doktori, 6 nafari fan nomzodi (PhD), 4 nafari professor va 8 nafari dotsent unvonlariga ega.

Taekvondo va sport faoliyati fakultetida talaba-yoshlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida Sport faoliyati (Taekvondo WT, Regbi, Kurash, Dzyudo va Erkin kurash ) ҳамда Sport menejmenti (Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish) ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

Taekvondo va sport faoliyati fakultetida o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish belgilandi. Natijada, har yili 30 ga yaqin ilmiy maqola (shundan 10 dan ziyodi xorijda), 5 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va ilmiy-uslubiy ishlar hamda 2021 yildan o‘tkazib kelinayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika va xalqaro ta’lim muassasalari ilmiy-amaliy anjumani  to‘plamlari chop etilmoqda.

Talaba-yoshlarni o‘z iqtidori va saloxiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun universitet sport majmuasida 15 dan ortiq sportning Yakkakurash va Sport o‘yinlari to‘garaklari hamda talabalarning o‘zini rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida fakultetimizda “Yosh olimlar” maktabining faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi.

Fakultetimiz talaba-yoshlarining muntazam shug‘ullanib, o‘zlarining sport malakalarini oshirishlari uchun universitet sport majmuasi zamon talablari asosida to‘liq ta’mirlandi va yangi sport inshootlari, ochiq sport arenalari tashkil qilindi, 15 dan ortiq sport to‘garaklarida talaba-yoshlar sportning Yakkakurash va Sport o‘yinlari bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Buning natijasida, fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 9 nafar talabalarimizdan 2 oltin Ulug‘bek Rashitov (Taekvondo WT) va Asad Toshtemirov (Partaekvondo), 2 kumush Svetlana Osipova

(Taekvondo WT) va Ziyoda Isoqovalar (Partaekvondo) medallar bilan qaytishdi.
Bugungi kunda, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi, universitet rahbariyatining talaba-yoshlarga o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyish qilishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan xolda, talabalarimiz o‘z minnatdorchiliklarini xalqaro sport maydonlarida yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, tengdoshlari orasida tengsiz deb, ifodalanishi, fakultet va universitet ustozlarini yakdillik bilan ulkan maqsadlar sari oldinlashga undab kelmoqda.
Fakultetimizda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz orasida 4 nafar Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorlari, Jaxon chempionati g‘oliblari va sovrindorlari 17 nafar, Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari 29 nafar, nufuzli xalqaro musobaqalar va Respublika chempionatlari g‘olib va sovrindorlari 200 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar tashkil etmoqda.
Iqtidorli sportchi-talabalarimiz orasida 2 nafari Zulfiya (Svetlana Osipova va Iroda Umirzakova) nomidagi davlat mukofoti soxibasi, 1 nafar Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi soxibi (Muxlisa Ergasheva), 1 nafar Paxlavon Maxmud davlat stipendiyasi soxibi (Dildora Isroiljonova), 1 nafar Prezident stipendiyasi soxibi (Mushtariy Razzoqova) taxsil olishmoqda.
Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilib kelmoqdalar.

Professor o‘qituvchilar to‘g‘risida

Hozirgi paytdagi fakultetdagi professor-o‘qituvchilar soni  jami  53 , jumladan

Akademiklar

8

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy darajasi:

6

Fan doktori, DSc

Ilmiy darajasi:

8

Dotsentlar

Ilmiy unvoni:

0

professorlar

Ilmiy unvoni:

11

katta ilmiy xodimlar

Ilmiy unvoni:

Iqtidorli talabalar

Fakultetda iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalardan biridir. Yoshlar Prezident va nomdor stipendiyalar, fan olimpiadalari, tanlovlar hamda davlat ilmiy loyihalariga faol jalb etiladi. Qolaversa, ularning konferensiyalarda qatnashishi hamda o'z ilmiy va ijodiy ishlarini nashrdan chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Jaysunov Jasur

Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2019-yilda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Konya–2021 Islom birdamligi o‘yinlarida 3-o‘rinni egallagan, Xanchjou–2022 Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 2024-yilda Xitoyda o‘tkazilgan “Grand Slam” turniri g‘olibi, 2023-yilda esa ushbu turnirning kumush medali sohibi bo‘lgan. 2026-yilgi Turkish Open musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2024-yilda harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi CISM jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan hamda 2023-yilgi Dutch Open turniri g‘olibi hisoblanadi.

Svetlana Osipova

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibasi. Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori. Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan: 2022-yilda Gvadalaxarada oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston ayollar taekvondosi tarixida ilk jahon chempioni bo‘lgan, 2023-yilda Bakuda va 2025-yilda Xitoyning Usi shahrida kumush medallarga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 2018-yilgi Jakarta va Xanchjou–2022 Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori, 2024-yilgi Osiyo chempionatining bronza medali sohibasi hamda 2019-yilgi Butunjahon harbiy o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi

Rashitov Ulug‘bek

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “El-yurt hurmati” ordeni sohibi. U O‘zbekiston tarixida taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lgan ilk sportchidir. Tokio–2020 va Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2023-yilda Boku shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Xanchjou–2022 Osiyo o‘yinlari g‘olibi hamda 2022 va 2024-yillardagi Osiyo chempionatlarining ikki karra chempioni hisoblanadi.

Axmadjanova Aziza Valisher qizi

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

Ergasheva Muxlisa G‘ulomjon qizi

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

Isroiljonova Dildoraxon Farhodjon qizi

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

Razzoqova Mushtariy Aliy qizi

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.

Fakultetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo‘ling!

Fakultet tarkibidagi kafedralar

Hozirgi kunda taekvondo va sport faoliyati fakulteti 2 ta kafedrani o'z ichiga oladi. Bular quyidagilar:

Ta’lim dasturlari

Bakalavr

61010304

Sport faoliyati (erkin kurash)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

60411201

Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz -

5610700

Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz -

61010304

Sport faoliyati: (dzyudo)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

61010303

Sport faoliyati: (kurash)

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 7 400 000

Magistratura

71010301

Sport faoliyati(faoliyat turlari bo’yicha)

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi

Stipendiyali -

Stipendiyasiz - 8 968 000

Fakultetda xorijiy mamlakatlardagi nufuzli reytinga ega bo‘lgan (TOP 1000 talikka) universitetlar bilan memorandumlar imzolanib o‘zaro manfaatli xamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Koreya Respublikasining “Dankuk”, “Yongin” universitetlari, Rossiya federasiyasining Povoljya davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti, janubiy Qozog‘iston davlatining “Muxtar Auvezov”, Kirg‘iziston davlatining Jismoniy tarbiya va sport akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasining Xalqaro turizm va mexmondo‘stlik universitetlari, bundan tashqari Respublika va xalqaro federesiyalari bilan xamkorlik memorandumlari imzolangan.
Fakultet kafedralari 2020-2023 yillar davomida o‘quv jarayonlariga jalb etgan xorijiy mutaxassislarning barchasi xalqaro QS va THE retinglarida top 1000 ga kirgan OTMlar professor-o‘qituvchilari hisoblanadi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar xalqaro ilmiy grantlarda ham faol qatnashib kelmoqda, jumladan 2022 yilda xalqaro ilmiy grant “Intellektual sensor tizimlaridan foydalangan holda eshkak eshuvchilarning texnik va tezlik-kuch tayyorgarligini nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusida O‘zbekiston-Belarus fundamental ilmiy tadqiqotlar tanlovida g‘olib deb topildi.


Qozog‘iston davlatining “M.Auvezov” nomidagi universiteti


Koreya davlati professori Kim Eur Joong tashrifi

Jaxon taekvondo sport turini rivojlantirish fondi, Jaxon va Osiyo “Regbi” federasiya rahbarlari bilan istiqbolli memorandum va shartnomalar imzolanib, bevosita xamkorlik a’loqar yo‘lga qo‘yildi.


Koeraya Respublikasining jaxonda taekvondo sport turini rivojlantirish fondi rahbari tashrifi


Rossiya davlatining
Sank-Peterburg shahridagi P.F.Lestgav nomli universiteti bilan xamkorlik a’loqalari


Rossiya davlatining
Sank-Peterburg shahridagi P.F.Lestgav nomli universiteti bilan xamkorlik a’loqalari

2020-2022 yillar davomida fakultet profеssor-o‘qituchilar tomonidan dunyoning nufuzli (TOP-1000) univеrsitеtlarida malaka oshirib kеlishdi.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2021-2023 yillarda (597.339.900 so‘m) amalga oshirilishi belgilangan I-OT-2021-302-sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasi elektron platformasini yaratish mavzusidagi (298.669.950 so‘m yillik) innovatsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
Universitettga invistitsiya kiritish maqsadida Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022 yil 13 yanvarda (90.000.000 so`m) samoya kiritishga muvoffiq bolishdi.


Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari Kazokiston davlatining
“M. Auvezov” nomidagi universitetiga tashrifi


Qozog‘iston davlatining “M. Auvezov” nomidagi universiteti professor-o‘qituvchilar tashrifi