Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Fanlar farqi uchun pul to`lanadimi?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish va qayta tiklash (keyingi o`rinlarda Talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash deb ataladi)da oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo`nalishlarini (mutaxassisliklarini) belgilash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  • ta’lim yo`nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo`lganda bunday ta’lim yo`nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;
  • oliy ta’lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish va qayta tiklash uchun o`qishga kirishda sinov o`tkaziladigan fanlari tarkibi va ta’lim sohasi hamda o`qish muddati bir xil bo`lganda bunday ta’lim yo`nalishlari (mutaxassisliklari) turdosh deb hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bob 25-bandiga ko`ra, talaba o‘qishini ko‘chirganda o‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlangan taqdirda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandida akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy taʼlim muassasasi tomonidan odatda taʼtil vaqtida pulli asosda tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, “Oliy taʼlim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 41-bandi ikkinchi xatboshida akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga egaligi belgilangan.

O`zMU Axborot xizmati