Bugun, xalqaro birdamlik va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi “Association de solidarité internationale et d’éducation” (A.S.I.E.) tashkiloti vitse-prezidenti Alain Payen O’zMUga tashrif buyurib, xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova hamda Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig’i Oripov Alijon bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, OʻzMU talabalarini Fransiyaga yuborish, hamda Fransiyadan talabalarni qisqa va uzoq muddatli talabalar mobilligini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
OʻzMU va A.S.I.E. o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlik, pandemiya sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Joriy yilning 10-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tgan “Ilm-fan va ta’lim: Oʻzbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida imzolangan ikki tomonlama kelishuvga asosan, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik orqali OʻzMUning xalqaro aloqalari kengayib, talabalarga nafaqat akademik almashinuv, balki ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish, global muammolar bo‘yicha birgalikda tadqiqot olib borish imkoniyatlari ham ochilmoqda.
Xalqaro aloqalar bo`limi