Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Fulbright Specialist Programme

Fulbright Specialist Programme boʻyicha talabnomalar qabuli boshlandi

2023 yilning 8 noyabridan  Toshkentdagi AQSh elchixonasining ma’lumotiga muvofiq turli bilimlar, ta’lim va fan sohalari bo‘yicha amerikalik mutaxassislarni

2-6 haftagacha bo‘lgan muddatda ekspert va maslahatchi sifatida taklif qilish (Fulbright Specialist Programme) bo‘yicha talabnomalar qabul qilish Jarayoni e’lon qilindi.

• Taklif etilayotgan amerikalik ekspertlar turli mutaxassisliklar, barcha bilim sohalari, jumladan, tibbiyot, muhandislik, aniq fanlar, texnik va gumanitar fanlar (ingliz tii fanidan tashqari) bo‘yicha ekspert va maslahatchilar sifatida taklif qilinishlari mumkin.

• Ushbu loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar Amerika tomonidan qoplanadi, biroq, O‘zbekiston tomoni turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qoplash orqali o‘zining hissasini qo‘shishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur xarajatlarni qoplashning iloji bo‘lmasa, Amerika tomoni xarajatlarning ushbu qismini ham o‘z zimmasiga olish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

• Shuningdek, amerikalik mutaxassislar va ekspertlar bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy o‘quv rejalari va o‘quy dasturlarini yaratish, loyihalar ustida birgalikda ishlash, turli bilim sohalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berish va yordam ko‘rsatish uchun taklif qilinishlari ko‘zda tutilgan.

• Amerikalik mutaxassislarni taklif qilish uchun talabnomalarni topshirish muddatlari va tartibi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin:  tashkentfulbright@state.gov