Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Geologlar bilimlar bellashuvida!

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetida Geologlar kuni munosabati bilan "Bilimlar bellashuvi" bo'lib o'tdi.
Bellashuvni Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti dekani A.Z.Umarov kirish so`zlari bilan ochib berib, o'zining samimiy tilaklari bilan talabalarga bellashuvda omad tiladi.
Tadbir tashkilotchilari hamda professor-o'qituvchilar bellashuvning adolati va shaffof o'tishi uchun o'z hissalarini qo'shdilar. Bellashuvga ishtirok etish uchun kurslar kesimida umumiy 14 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv qizg'in bahslarga boy bo'ldi. Hakamlar hay'ati talabalar ichidan eng kuchlilarni saralab olishdi.
Bellashuvda:
1-o'rin: Geologiya 202-guruh "TEKTONIKA" jamoasi;
2-o'rin: Geologiya 201-guruh "MAGMATIZM" jamoasi;
3-o'rin: Geologiya 103-guruh "AURUM" jamoasi.

Hakamlar hay'ati eng kuchli va hozirjavob nomzodlarni ham saralab olishdi hamda ularga esdalik sovg'alari topshirildi.
Bular: Geologiya 3-bosqich "OLMOS" jamoasi a'zosi Ozodova Dilnura bellashuvning "Eng bilimdon talabasi", Geologiya 103-guruh "AURUM" jamoasi a'zosi Oripova Madina "Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasini qo'lga kiritdi.
Tadbir tashkilotchilari va faol talabalar tadbir so'nggida esdalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlandilar. Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti faol talabalar jamoasi tadbir ishtirokchilariga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

O’zMU Axborot xizmati