Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Hamkorlikning istiqbolli tomonlari muhokama qilindi

Joriy yilning 6-aprel kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga Qozogʼistonning Аl-Farobiy universiteti prorektorlari Mukanov Kanatbek Nurtazinovich va Mexmet Аrslan tashrif buyurdi.
Uchrashuv chogʼida Kanatbek Nurtazinovich Аl-Farobiy universiteti toʼgʼrisida va soʼnggi yillardagi erishilgan yutuqlar xususida qisqacha maʼlumot berdi. Shu bilan birga, ikkala universitet vakillari aloqalarni yanada rivojlantirish hamda strategik hamkorlar darajasiga erishish borasida fikrlar almashdilar.

O’zMU Axborot xizmati