Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o`tkazildi

Joriy yilning 20-oktabr kuni O`zbekiston Milliy universiteti, Yoshlik talabalar shaharchasi hamda Olmazor tumani Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar yoshlar markazi katta follar zalida xavfsizlkini ta`minlash, jamoat tartibi saqlash, huquqbuzarlik va jinyotachilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o`tkazildi. Mazkur tadbirda O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining 500 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Tadbrida Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi, Olmazor tumani umani IIO FMB 4-son IIB JQB tezkor vakili mayor Giyasov Farxod, Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XPB Universitet maxalla profilaktika katta inspektori mayor Salimjonov Saloxiddin, universitetga biriktirilgan profilaktika katta inspektorlari podpolkovnik Abdulxaqov Alisher, Inogomava Madina, Yoshlik xokimiyat yetakchi mutaxasisi Qobilov Sherbeklar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so`zga chiqqan mutaxassislar tomonidan huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki uni barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, “Jaxolatga qarshi ma’rifat” bilan kurash,  hozirda yoshlar o‘rtasida qarovsizlik va nazoratsizlikni oldini olish hamda bu borada sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, jumladan, ayni kunlarda keng ommalashgan illatlardan biri psixotrop dori vositalari, ulardan talaba-yoshlarning foydalanishlarini oldini olish va uning ta’siriga tushib qolmaslik yoki bevosita psixotrop dori vositalarini oldi-berdisida ishtirok etish yuzasidan belgilangan qonuniy javobgarlik belgilanganligi ta`kidlandi.

Shuningdek, hozirgi vaqtda keng ildiz otayotgan kiberjinoyatchilik va mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida, o`ziga tegishli bo‘lgan plastik kartaning 16 talik raqamlari, amal qilish muddati, o‘ziga o‘rnatilgan 4 ta raqamdan iborat maxfiy kodi, plastik karta bilan bog‘liq turli xildagi dasturlar (Payme, click, anorbank va shu kabi bank ilovalari)ning maxfiy raqamlari va kodlarini hech kimga bermaslik, plastik kartani suratga olib hech kimga jo‘natmaslik, internet tarmog‘idagi turli xil havolalar (ssыlkalar)ga kirmaslik, internet tarmog‘ida plastik karta ma’lumotlari so‘ralgan shablonlarda plastik karta ma’lumotlarini kirgizmaslik, sms orqali kelgan kodni tanish va begona shaxslarga aytish yoki ko‘rsatish mumkin emasligi, tavakkalchilikka asoslangan turli xildagi onlayn va offlayn qimor o‘yinlari (1xbet, mostbet va boshqalar) da ishtirok etmaslik haqida  talabalar ogohlantirilib, qator misollar keltirib o‘tildi.

 Profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

O’zMU Axborot xizmati