IChO 2026: Xalqaro kimyo olimpiadaning amaliy bosqichiga O‘zMU mezbonlik qildi

Bugun, 13-iyul Mirzo Ulug‘bek nomidagi O ‘zbekiston Milliy universitetida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biri — amaliy imtihon o’tkazildi. Markaziy Osiyo tarixida ilk bor ushbu nufuzli olimpiada mamlakatimizda tashkil etilmoqda.

Dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin eng iqtidorli yosh kimyogarlar zamonaviy laboratoriyalarda o‘zlarining tajriba o‘tkazish mahorati, tahliliy fikrlashi hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Mazkur bosqich ishtirokchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, murakkab laboratoriya topshiriqlarini aniqlik va puxtalik bilan bajarish salohiyatini baholashga xizmat qildi.