Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ilmiy tadqiqot

Aliyev Nizomiddin Maxmasaitovich-Bo’lim boshlig’i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00

 +998 71 227-10-34

 nauka@nuu.uz

Universitet kafedra va bo‘linmalari, ilmiy tadqiqot institutlari, markazlarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi. Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ular faoliyatini muvofiqlashtirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar tanlovlarida qatnashishini ta’minlash, ilmiy loyihalar bajarilishi ta’minlaydi.

Ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish, ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etishni muvofiqlashtirish, yosh olimlar va iqtidorli talabalarni innovatsion g‘oyalarini va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, fakultetlardagi ilmiy maktablar va innovatsion guruhlar faoliyatini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’limni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Bugungi kunda O‘zMUda 60 ta ixtisoslik bo‘yicha 144 nafar doktorantlar, 41 ta ixtisoslik bo‘yicha 184 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

2015-2017 yillarda himoyalar to‘g‘risida ma’lumot

Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari bo‘yicha Ilmiy Kengashlar

O‘zbekiston Milliy universitetida 28 ixtisosliklarda doktorlik dissertatsiyalari himolari amalga oshiriladigan 10 ta Ilmiy kengashlar faoliyat yuritmoqda.

1.   DSc.27.06.2017.FM.01.01 (fizika-matematika fanlari bo‘yicha);

2.   DSc27.06.2017.K.01.02 (kimyo fanlari bo‘yicha);

3.   DSc.27.06.2017.FM.01.02 (fizika-matematika fanlari bo‘yicha);

4.   DSc.27.06.2017.F.01.05 (falsafa fanlari bo‘yicha);

5.   DSc.27.06.2017.Tar.01.04 (tarix fanlari bo‘yicha);

6.   DSc/27.06.2017.G01.06 (geografiya fanlari bo‘yicha);

7.   DSc.27.06.2017.Psi.01.07 (psixologiya fanlari bo‘yicha);

8.   DSc.29.08.2017.S.01.08 (siyosiy fanlar bo‘yicha);

9.   DSc.27.06.2017.Psi.01.07 (psixologiya fanlar bo‘yicha)

10.   DSc.29.08.2017.S.01.08 (siyosiy fanlar bo‘yicha) raqamli Ilmiy kengashlar faoliyat yuritmoqda.

YUTUQLARIMIZ:

Universitetda dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida PhD va DSc (fan doktori yoki fan nomzodi) ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar talabalarga tahsil berib kelmoqda.

Ilmiy sohada xalqaro hamkorlik munosabatlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Universitet professor-o‘qituvchilari xorijiy davlatlarning, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Malayziya, Isroil, AQSh, Koreya Respublikasi, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston davlatlarining oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzalar qilib kelishmoqda.

Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra universitetning jami 116 nafar professor-o‘qituvchilari nashrlariga umumiy 14207 dan ortiq iqtiboslar keltirilgan.

O‘zMUda 2015-2017 yillarda jami 343 ta Davlat ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha.

So‘nggi yillarda xalqaro nufuzli tanlovlarda 3 nafar va respublika tanlovlarida 82 nafar professor-o‘qituvchilar mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan. Jumladan, 2017 yilda Tarix fakulteti professori A.S.Sagdullaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5293 son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlangan, “Algebra va funktsional analiz” kafedrasi mudiri professor B.Omirov Web of Science Awards 2017 tanlovining «Highly cited author» nominatsiyasi 2-o‘rin sohibi.

2015-2017 yillar davomida universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari tomonidan jami 30 ta fan doktori, 17 ta falsafa doktori himoyalari amalga oshirilgan.

2017 yilda O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 8 ta Ilmiy kengash faoliyat olib borgan. Ushbu Ilmiy kengashlarda 22 ta ixtisosliklar bo‘yicha 51 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.