Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Isroilda O‘zbekiston ilm-fani kunlari – xalqlar do‘stligini mustahkamlash yo’lida

O‘zbekiston delegatsiya vakillari "Isroilda O‘zbekiston ilm-fani kunlari – xalqlar do‘stligini mustahkamlash yo'lida” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda. Ayni damda bir guruh O‘zbekistonlik delegatsiya joriy yilning 4-8-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchixonasi hamda Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida tashkil etilayotgan “Isroilda O‘zbekiston ilm-fani kunlari – xalqlar do‘stligini mustahkamlash yo'lida” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish, Isroilning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati bilan tanishish, Xolon texnologiya instituti bilan hamkorlik munosabatlarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi.
Safar rejasiga Xolon texnologiyalar institutidan tashqari, X.Veyman nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti, Quddusdagi yahudiy universiteti, “So‘g‘diyona” ijodkor ziyolilar xalqaro uyushmasi va boshqa bir qator muassasalarga tashriflar ko’zda tutilgan.

O’zMU Axborot xizmati