Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Istiqbolli kelajak sari doʼstona uchrashuv

2021 yilning 6 oktyabrь kuni OʼzMUda Portu (Portugaliya) universiteti vakillari – xalqaro munosabatlar, institutsional hamkorlik va Sport ishlari boʼyicha prorektor Djoanoy Karvalьyu hamda xalqaro boʼlim xodimi Estefaniya Lopes bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda universitet haqida videorolik namoyish etildi, OʼzMUning oʼquv, ilmiy va xalqaro faoliyati haqida maʼlumotlar berildi. Ushrashuv davomida Portu universiteti vakillari universitet faoliyati haqida maʼlumot berib, taʼlim sohadagi qoʼshma loyihalar hamda talabalar va oʼqituvchilarning akademik almashinuvi boʼyicha takliflar berdilar. Shuningdek, Erasmus loyihalari Capacity Building Design Measures va International Credit Mobility doirasida fikr almashinildi. Djoana Karvalьyu va Estefaniya Lopes mazkur loyihalarni ishga tushirish va dastur yaratish borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytdi.

Maʼlumot oʼrnida, Portu universiteti Portugaliyadagi ikkinchi yirik universitetdir. QS boʼyicha universitetlarning xalqaro reytingida 295-oʼrinda turadi.

OʼzMU Аxborot xizmati