Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Istiqbollli yoʼnalishlarda xalqaro hamkorlik

2021 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Milliy universiteti va Belorussiya Milliy Texnika universiteti o‘rtasida istiqbolli hamkorlik qilish maqsadida onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvni O‘zMUning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova ochib berdi va hamkor universitet vakillarini joriy yilda imzolangan hamkorlik Memorandumi bilan samimiy qutladi. BMTUdan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yuriy Nikolaychik, Belorus-O‘zbekiston Instituti direktori Igor Gancherenok, fizika va iqtisodiyot fakulteti dekanlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda O‘zMU bilan hamkorlikda lazer fizikasi, biotexnika va meditsina, kompyuter mexatronikasi kabi istiqbolli yo‘nalishlar doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari ochish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Hamkorlar qo‘shma ta’lim dasturi talablari, o‘quv rejasi, qabul jarayonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar ustida ishlash uchun maxsus ishchi guruhi tuzish haqida kelishib olishdi.