Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Italiyaning Sababa Security SRL kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari

Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston Milliy universitetining nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiytadqiqot muassasalari, ilmiy laboratoriyalar va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Joriy yilning 20 may kuni Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьteti jamoasi Italiyaning kiberhavfsizlik boʼyicha nufuzli Sababa Security SRL kompaniyasi bilan videomuloqot tarzida onlayn uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda kompaniya direktori Аlessio Аcheti, kompaniya menedjeri Olьga Orlova va kompaniya asoschilaridan Enriko Orlandi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida yoʼnalish va mutaxassisliklarning fundamental fanlarining namunaviy fan dasturlari, ishchi fan dasturlarini va oʼquv materiallari(maʼruza va laboratoriya ishlarini) birgalikda ishlab chiqish, kompaniyaning yirik olimlari va Italiyaning Verona hamda Genu universitetlari professorlarini mutaxassislik fanlari boʼyicha maʼruza mashgʼulotlarini olib borishga jalb etish, magistratura talabalari va tayanch doktorantlarga hamrahbar boʼlish, xalqaro fondlar orqali talaba va professor-oʼqituvchilarnining oʼquv va ilmiy stajirovkalarini amalga oshirish, Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьtetida “Kiberxavfsizlik” (SABABA Security) labaratoriyasini tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, Italiya universitetlari bilan ERASMUS+ doirasida xalqaro grant loyihalarini tayyorlash va tanlovlarda qatnashish masalasi muhokama qilindi.

Z.Raxmonov

Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar

fakulьteti dekani