Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Babanov Shaxobiddin – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 9

e-mail:


Kafedraning tarixi va asosiy faoliyati

O’zbekiston Milliy universiteti «Jismoniy tarbiya va sport» kafedrasi 1939 yildan «jismoniy tarbiya va sport» fani bo‘yicha mustaqil ta’lim bo‘limi sifatida faoliyat boshlagan.
1920 yilning sentabr oyida tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti o‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari uchun oliy ta’lim taraqqiyotining boshlanishiga asos soldi.
1922 yilda Universitetda harbiy bo‘lim tashkil etilib, uning dasturida «jismoniy tayyorgarlik»ka katta e’tibor berilgan.
1928 yilda Universitetda majburiy o‘quv dasturiga «Jismoniy tarbiya» fani kiritildi.
Yigirmanchi yillarning o‘rtalarida Universitet talabalari hamda o‘qituvchilari futbol va voleybolda havaskor sport to‘garaklarini tashkil etishadi. Shuningdek, shaxmatning rivojlanishi bois talabalar ham, o‘qituvchilar ham unga ishqibozlik bildirishadi.
1939 yilda Universitetda «Jismoniy tarbiya va Sport» kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraning birinchi mudiri P. P. Klyaus edi.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston ta’lim tizimining barcha darajalari va tarkibiy qismlariga dahldor tizimlarda tub islohotlar amalga oshirilishi, mamlakatning uzoq muddatli maqsad va manfaatlariga, zamon talablariga javob berishini ta’minlashga qaratildi.
Xususan, bu sohani isloh qilishning tegishli huquqiy asoslari yaratilib, investitsiyalarning o‘sishi va uni inson kapitaliga yo‘naltirishni belgilovchi ustuvor demokratik rivojlanish maqsadlarga erishishda eng muhim ahamiyatga ega va hal qiluvchi kuch bo‘lib, ilmli va intellektual rivojlangan avlodni tayyorlashda «jismoniy madaniyat va sport» ijtimoiy hodisa sifatida, umumiy madaniyat va ijtimoiy hayotning organik qismini ifoda etadi.
Milliy universitet hamda «Jismoniy tarbiya va sport» kafedrasi tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha universitet kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilayotgan komplek chora-tadbirlar talabalar va xodimlarni barkamol va axloqiy tarbiyalash, ularning salomatligini mustahkamlash, ijodiy uzoq umr ko‘rishlari, yuqori samarali mehnatga tayyorgarlik ko‘rish va Vatanni himoya qilish kabi masalalarga qaratilgan.

Oliy ta’lim muassasalarida «jismoniy tarbiya va sport» intizomini qaytadan qurish (tashkil etish) bo‘yicha o‘tkazilgan muhokama jismoniy tarbiyani takomillashtirishda ko‘plab yo‘llar va turli yo‘nalishlarni ochib berdi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi nuqtai nazaridan, eng muhim va ahamiyatli yo‘l, bu talabalarning qiziqish va ehtiyojlarini hamda jismoniy madaniyatga bo‘lgan munosabatini hisobga olgan holda maqsadlarga erishish yo‘lidir.
Oliy ta’limda jismoniy madaniyat zamonaviy mutaxassis shaxsining umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirishning ajralmas qismi bo‘lib, talabalarni ijtimoiy tarbiyalash tizimi hisoblanadi. O’quv intizomi sifatida jismoiniy madaniyat barcha mutaxassisliklar uchun majburiy bo‘lib, u har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vositalaridan biri sifatida, talabalarni professional-kasbiy tayyorgarlik jarayonida ular salomatligini mustahkamlash, o‘quvchilarning jismoniy va psixofizik holatini optimallashtirish omili hisoblanadi.
Oliy kasbiy ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq jismoniy madaniyat Oliy o‘quv yurtlarida ijtimoiy (gumanitar) ta’lim siklining majburiy intizomi sifatida e’lon qilingan.
1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan O’zbekiston Milliy universiteti estafetani munosib tadbiq etib, sport an’analarini yuqori saviyada davom ettirmoqda.
1991 yilda universitetda ikkita bo‘lim mavjud edi: «jismoniy tarbiya» kafedrasi (kafedra mudiri Jukov M.M.) va Sport kafedrasi (kafedra mudiri Isxakov Y. A.).
1994 yilda Milliy universitet hududida sport majmuasi foydalanishga topshirildi; majmua – ikkita sport zali (24 x 42 va 18×36), yengil atletika sport stadioni, futbol maydoni, basketbol va voleybol bo‘yicha tekkis sport maydonchalaridan iborat. Ushbu zamonaviy sport majmuasini barpo etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talabalar, fakultet a’zolari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlar va yaqin atrofdagi mahallalar aholisi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.

2020-hozirgi vaqtgacha (kafedra mudiri Sh.J.Babanov



Kafedrada o‘qitiladigan fanlar.

Fan nomiFan haqida qisqa ma’lumot
1.Jismoniy tarbiya va sportTalabalarni jismoniy tarbiyalashning maqsadi shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirishdir, bu esa o‘z navbatida shaxsning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyorligi, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, muntazam ravishda jismoniy barkamolikka erishishga intilishni ta’minlaydi. Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi o‘quv, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi masalalarni yechimi ko‘zda tutilgan: ­ jismoniy madaniyatni shaxs shakllantirishdagi rolini tushunish va uni kasbiy faoliyatga tayyorlash; ­ jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzining ilmiy­amaliy asoslarini bilish; ­ jismoniy madaniyatga qadriyatli munosabatlar, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy barkamolikka intilish, va o‘z­o‘zini tarbiyalash, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish zaruratini shakllantirish; ­ jismoniy tarbiya sohasidagi sog‘liqni saqlash va mustahkamlash, ruhiy barkamollik, psixofizik qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdagi shaxsning sifat va hususiyatlarida tizimli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ­talabaning kelajakdagi kasbiga psixofizik tayyorgarligini belgilaydigan amaliy­jismoniy tayyorgarligini ta’minlash; ­ hayotiy va kasbiy maqsadlarga erishishda jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlaridan ijodiy foydalanish bo‘yicha tajriba to‘plash.  

Tadqiqodchi va ilmiy ishlar to‘g‘risida.

Professor o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi,  unvoniDisertatsiya ishi mavzusi
1Babanov Shaxobiddin JiyanmurodovichYuqori malakali dzyudochilarning mashg‘ulot jarayyonini matematik modellashtirish
2Fayziyeva Oydin LukmonovnaOliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya darslarida talabalarni sport turlari yordamida sog‘lomlashtirish texnologiyalari

Maxalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot.

Tashkilot nomiShartnoma imzolangan sanaShartnoma muddati
1Chuvash davlat qishloq xo‘jalik akademiyasi (Rossiya)2017 yil dekabr  2022 yil 31 dekabr  
2Yakkasaroy tumani 2-son BO’SM2019 yil sentyabr2022 yil 31 avgust
3O’zbekiston gandbol federatsiyasi2019 yil sentyabr2022 yil 31 avgust
4O’zbekiston basketbol federatsiyasi2019 yil sentyabr2022 yil 31 avgust

Kafedra tarkibi.

F.I.ShElektron pochtasi
 Babanov Shaxobiddin JiyanmurodovichShaxob1973@mail.ru  
 Nabiyev Timur Erikovicht.nabiev64@mail.ru 
 Platunov Andrey Igorevicha.i.p@inbox.ru
 Burnes Lyubov Anatolevnaxiaomi5pulsssssssss@gmail.com
 Xalikova Liliya SagdullayevnaXalikova1201@mail.ru
 Razakova Feruza Sayfiyevnar.feruza1966@mail.ru
 Turkmenova Mukarram Shermaxamatovnaturkmenovamukarram@gmail.com
 Fayziyeva Oydin Luqmonovnaluqmonovnaoydin@gmail.com



To‘garaklar

Haftaning  kunlari                        VaqtDushanbaSeshanbaChorshanbaPayshanbaJumaShanbaSport turlari bo’yicha mas’ul
Sport paviloni
16.00-19.00Basketbol (e)Basketbol (a)Basketbol (e)Basketbol (a)Basketbol (e)Basketbol (a)Platunov A.I.
MarkaziyMarkaziyMarkaziyMarkaziyMarkaziyMarkaziy 
16.00-18.00Voleybol (e)Voleybol (a)Voleybol (e)Voleybol (a)Voleybol (e)Voleybol (a)Boltayev A.A.
Chap zaliChap zaliChap zaliChap zaliChap zaliChap zaliOtajonova L.B.
16.00-19.00Kurash, dzyudoBelbog ‘ kurashKurash, dzyudoBelbog ‘ kurashKurash, dzyudoBelbog ‘ kurashBabanov Sh.J. Mirzayev A.M.
O`ng zaliO`ng zaliO`ng zaliO`ng zaliO`ng zaliO`ng zali
16.00-18.00ShaxmatShashkaShaxmatShashkaShaxmatShashkaRavshanov G.X.
AuditoriyaAuditoriyaAuditoriyaAuditoriyaAuditoriyaAuditoriya 
16.00-18.00Stol tennisi Stol tennisi Stol tennisi Platunov A.I.
Chap zali Chap zali Chap zali  
16.00-18.00Armrestling Armrestling Armrestling Murodov K.N.
Kichik zali Kichik zali Kichik zali  
Stadion
16.00-18.00E/atletika E/atletika E/atletika Arziboyev K.O.
Stadion Stadion Stadion Fayziyeva O.L.
16.00-18.00 Futbol Futbol FutbolRuzmetov R.T.
 Stadion Stadion Stadion 
16.00-18.00Futzal Futzal Futzal Kodirov A.A.
Sun`iy maydon Sun`iy maydon Sun`iy maydon  
16.00-19.00Rugby (e)Rugby (a)Rugby (e)Rugby (a)Rugby (e)Rugby (a)Kulikov D.A.
StadionStadionStadionStadionStadionStadionGulyamov A.A.
Universal sport zali (42×24)
16.00-18.00Gandbol (e)Gandbol (e)Gandbol (e)Gandbol (e)Gandbol (e)Gandbol (e)Rahmatillayev M.S.
 Futzal Futzal FutzalKodirov A.A.
Universal sport zali (36×18)
16.00-20.00Taekvondo Taekvondo Taekvondo Pulatov L.A.
 Taekvondo Taekvondo TaekvondoSoliev F.Sh.