Jurnalistika fakulteti talabalari xalqaro qishki maktab loyihasida faol ishtirok etmoqda

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jurnalistika fakulteti talabalari Moskva Davlat Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Qishki maktab” loyihasida faol ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha Zoom platformasi orqali onlayn bo’lib o’tmoqda. “Qishki maktab”da 7 ta davlatdan jami 10 ta oliy ta’lim muassasalarinig Jurnalistika fakulteti talabalari ishtirok etmoqda. Loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad yosh jurnalistlar uchun taniqli rus jurnalistlari va Moskva Davlat Universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan master-klass, seminar-treninglar o’tish, talabalarda tanqidiy fikrlash, huquqiy tahlil va akademik yozuv ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha sohada akademik salohiyatni oshirishdan iborat. Qishki maktab savol-javoblarga va turli taklif hamda mulohazalarga boy tarzda o‘tmoqda. Ushbu loyiha 2 hafta muddatga moʻljallangan boʻlib, loyiha yakunida faol bo’lgan talabalar xaqaro sertifikat bilan taqdirlanadi.



O’zMU Axborot xizmati