Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Karyera kuni

O’zbekiston Milliy universiteti Karyera markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Iqtisodiyot fakulteti hamkorligida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy barqarorlik departamenti direktori Maxammadiev Rustam Dilshodovich hamda direktor oʼrinbosari Djumanazarov Uchqun Xudaynazarovichlar mehmon boʼlishdi. Tadbir davomida Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi kurs iqtidorli talabalariga Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy boshqarmalaridagi boʼsh (vakant) ish oʼrinlari, ushbu boʼsh ish oʼrinlariga ishga joylashish imkoniyatlari, tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumot berildi. Tadbir yakunida boʼsh ish oʼrinlariga ishga kirish xohishini bildirgan talabalar bilan suhbat va imtihon tashkil etildi. Suhbat va imtihon natijalari asosida 5 nafar eng yaxshi koʼrsatgichga ega boʼlgan talabalar saralab olindi va Markaziy bankka ishga taklif qilindi. Bunday tadbirlar kelgusida yana tashkil qilinishi kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati