Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

«Kelajakka qadam» dasturi bo‘yicha bitiruvchilar bilan qator uchrashuvlar tashkil qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning PQ-61-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan «Kelajakka qadam» dasturining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakultetida «Ijtimoiy ish», «Sotsiologiya», «Psixologiya» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Savol-javob tarzida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvlarda dasturning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berilib, dastur doirasida qanday imtiyozlar taqdim etilishi, tadbirkorlik, biznes va start-up loyihalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar, kasbiy malaka va haq to’lanadigan amaliyot hamda stajirovka dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, g’oyadan loyihagacha bo’lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlarda bitiruvchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob berildi.

O’zMU Axborot xizmati