Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Kimyo fakulteti talabasi «Uzbekistan GTL» beshinchi stipendiya tanlovi g’olibi boʻldi

“O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” kompaniyasi tomonidan OTM talabalari uchun beshinchi “GTL stipendiyalar dasturi” tanlovini e’lon qilingan edi.

Kimyo fakulteti magistranti Asilbek Alimov ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, "Uzbekistan GTL" stipendiyasini qo'lga kiritdi.

Mazkur stipendiya dasturi 2019−2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan bo‘lib, shu paytgacha jami 5714 ta talaba ishtirok etgan hamda 70 ga yaqin g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlangan.