Kimyo fani bo’yicha o’tkazilgan olimpiada g’oliblari aniqlandi




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-sonli qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 1-apreldagi 03/35-01/383-sonli topshirig'i ijrosi bo'yicha Kimyo fakultetida Kimyo fanidan olimpiada (shahar) o'tkazildi. Unda Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Uchtepa va Mirzo Ulug'bek tumanlari umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etdi
O’tkazilgan olimpiada natijalariga ko’ra:
1 - o’rin: Turdimurodova Nargiza
( Mirzo Ulug’bek tumani 112-sonli umumta’lim maktabi);
2- o’rin: Axmadjonov Axrorjon
(Yakkasaroy tumani 160-sonli umumta’lim maktabi);
3 -o’rin: Mahmudova Munisa
(Olmazor tumani 24-sonli umumta’lim maktabi).
Olimpiada g’oliblari Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
O’zMU Axborot xizmati