Konstantin Filosof universiteti

Slovakiyaning Nitra shaxri Konstantin Filosof universiteti professori O’zMUga tashrif buyurdi.

2022 yilning 3 dekabr kuni Slovakiyaning Nitra shaxri Konstantin Filosof universiteti Madaniyatshunoslik kafedrasi professori Miroslav Ballay O’zMUga tashrif buyurdi.

2021-2024 yillar uchun Nitra Konstantin Filosof universiteti xamda bir kator Yevropa universitetlari bilan O’zMUning Erazmus Mundusning K-107 doirasidagi xamkorlikdagi loyixasi mavjud bulib, ushbu loyixa buyicha Ijtimoiy fanlar fakulteti «Falsafa va mantik» kafedrasi ijtimoiy gumanitar fanlarni IT tizimi yordamida optimallashtirilgan xolda o’qitish ustida ish olib bormoqda.

Professor Miroslav Ballay Yevropa universitetlari tajribasi va madaniy antropologiyaning zamonaviy metodlari bo’yicha Ijtimoiy fanlar fakulteti PhD doktorantlari va magistrantlariga trening olib borishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Slavakiyalik professor qo’shma xalqaro loyiha doirasida tizimli taxlil yunalishi bakalavr talabalari uchun bir qancha maruza mashg’ulotlari olib borishi rejalashtirilgan.


KONSTANTIN FILOSOF UNIVERSITET DELEGATSIYASI O‘ZMUDA

2023 yilning 3-may kuni Slovakiyaning Nitra shahri Konstantin Filosof nomidagi universitet delegatsiyasi Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Nitra Konstantin Filosof nomidagi universitet xalqaro ishlar boʼyicha prorektori Dr. Martina Pavlikova, Sanʼat fakulteti dekani Prof. Zdenka Gadusova va Prof. Аlyona Xaskova, Prof. Roman Kraliklar tashrifi davomida OʼzMU 105 yillik yubileyi arafasida universitet jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar, ilmiy va oʼquv faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

Tashrif davomida Konstantin Filosof universiteti va OʼzMU oʼrtasida yangi maqsad va hamkorlik istiqbollarini yuqori darajada rivojlantirishga asos boʼluvchi memorаndum shartnomasi imzolandi.

Memorandum asosida ikki universitet oʼrtasida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida hamkorlikda olib boriladigan ishlar, amaliy natija sifatida OʼzMUda ishlab chiqilayotan turizm dasturiga horijiy hamkorlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ikki oliy taʼlim xalqaro boʼlimlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʼnalishi masʼul rahbarlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Erazmus K-171 loyihasining kelgusi rejalari haqida kelishib olindi.

Hamkorlik davomida ijtimoiy-gumanitar fanlarni raqamlashtirish, IT texnologiya orqali modellashtirish, tizimli tahlil sohasi boʼyicha ingliz tilida elektron qoʼllanma yaratish vazifalari rejalashtirildi. Mazkur loyihaning muddatini kelgusi 2024-2025 yillar uchun uzaytirish, mobillik dasturlarini kengaytirishga qaror qilindi.