Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Krakov AGH universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Oldin xabar berganimizdek, 11–12-iyul kunlari Polsha Respublikasi Varshava shahrida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik masalalarini o‘z ichiga olgan akademik davra suhbati tashkil etildi. Ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida o‘zaro ta’lim, ilmiy-innovatsion sohalarda hamkorlikni qamrab olgan 30 ga yaqin memorandumlar imzolandi.



Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Krakov AGH universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. O‘zaro aloqalarini mustahkamlash, bir necha yo‘nalishlarda faol hamkorlik olib borishga qaratilgan mazkur hujjatga O‘zMU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov hamda AGH universiteti rektori Jerzi Lis tomonidan imzo chekildi.