Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Laval universiteti

Kanadaning Laval universiteti bilan online uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 11-iyul 2023-yil 2/12-1/25-409-sonli xatidagi topshiriqqa muvofiq Kanada oliy ta'lim muassasalari o'rganib chiqildi.  Mazkur universitetlardagi o'quv, ilmiy va ta'lim siyosati haqida ma'lumotlar to'plandi. Xalqaro reyting agentliklari tomonidan belgilangan o'rinlari asosida eng yuqori darajadagi universitetlar ro'yxati ishlab chiqildi va ularning xalqaro aloqalar bo'yicha mas'ul xodimlari elektron manzillariga hamkorlik takliflari bilan murojaat xati yuborildi.

 2023 yil 25-avgust sanasida yuborilgan murojaatga ijobiy javob yòllagan Kanadaning Laval universiteti bilan online uchrashuv bòlib òtdi.

Uchrashuv davomida universitetlardagi o'quv, ilmiy va reyting bòyicha ma'lumotlar berib òtildi.

Hamkorlik aloqalarini yòlga qòyish masalalari muhokama etildi. Ilmiy tadqiqot va universitet reytingini oshirish xususida tajribalarni òrganish takliflari bildirildi. Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, mazkur universitet QS WUR  – 441, THE WUR – 251-300, ARWU – 301-400 va THE Impact – 14 o'rinda turadi.

Muzokara sòngida hamkorlik memorandumi ishlab chiqishga kelishib olindi.