Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ma’muriy davlat boshqaruvining zamonaviy modellari

O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakultetining 1-bosqich Siyosatshunoslik bakalavr yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Ma’muriy davlat boshqaruvining zamonaviy modellari” mavzusida intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur intellektual bellashuvni tashkil etishda O‘zMU yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fan o‘qituvchisi dotsent Kamoliddin Mirzaaxmedov tashabbuslari bilan siyosatshunoslar xor jamoaga: “Strategiya”, “Status”, “Volontyorlar” hamda “Meritokratlar” jamoalariga bo‘lingan holda 3 ta shart bo‘yicha bellashdi.
Bellashuv jarayonida talabalar tomonidan Autsorsing, hududiy marketing, kradusorsing, benchmarketing kabi zamonaviy boshqaruv usullari ijodiy yondoshuv asosida taqdimot qilindi. Malakali mutaxassislardan tuzilgan hakamlar hay’ati har bir shartni odilona baholab bordi.
O‘ylaymizki, talabalarning bu kabi intellektual bellashuvlari o‘z bilim sohasida kreativ yondashish malakasini qaror topishiga katta xizmat qiladi.

O’zMU Axborot xizmati