Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Markaziy Osiyo madaniyati tarixi va tarixshunosligi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etildi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida Tarix fakulteti Arxeologiya kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

"Markaziy Osiyo madaniyati tarixi va tarixshunosligi masalalari" mavzusidagi mazkur anjuman tarix fanlari doktori, professor Rustam Suleymanovning 85 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, tarix fakulteti professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, xorijiy va mahalliy universitetlar, tashkilot va muassasalar vakillari, tarixchilar, arxeolog olimlar ham konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Suleymanov Rustam Hamidovich – tarix fanlari doktori, professor. 1939-yil 30-mayda Toshkentda  tug'ilgan. 1962-yili Toshkent davlat universiteti tarix fakultetining "O'rta Osiyo arxeologiyasi" kafedrasini tamomlagan. 1968-yili "Статистическое изучение культуры грота Обирахмат" mavzusida nomzodlik ishini, 1997-yili "Древняя культура Южного Согда" mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. Beruniy nomidagi davlat mukofoti (1985), O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi unvoni (2008), "Do'stlik" ordeni sohibi (1997). Germaniya arxeologiya instituti muhbir a'zosi. Hozirda O'zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti "Arxeologiya" kafedrasi professori.

O'zMU Axborot xizmati