Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

MAZMUNLI 7 KUN: talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish

Joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish, mavjud klub va to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda talaba-yoshlar o‘rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida MAZMUNLI 7 KUN loyihasini universitetga qarashli Talabalar turar joylarida muntazam tashkil etish yuzasidan maslahat yig’ini o`tkazildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, universitet sport klubi raisi o‘rinbosari, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, fakultet yetakchilari, talabalar turar joylari Kengashi raislari,
“O’zMU zakovat” klubi, “Kreativ” talabalar teatr studiyasi badiiy rahbari, “Dutorchi qizlar” ansambli, “Talaba FM” radiosi a’zolari, “Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya” sovrindorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mazkur tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev ochib berdi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, mavjud klub va to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish hamda talaba-yoshlar o‘rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olishda Universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi, fakultet yetakchilari hamda talabalar turar joyi kengashi raislarining o’zaro hamkorligi muhim ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, universitetga qarashli talabalar turar joylarida “Mazmunli 7 kun” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlandi hamda yig‘ilganlarning fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot raisiga fakultet yetakchilari hamda talabalar turar joylari kengashi raislari bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda ma’naviy-ma’rifiy tanlov, musobaqa va sport tadbirlarini o’tkazish tartibini ishlab chiqish hamda tizimli yo‘lga qo‘yish bo’yicha tavsiyalar berildi.

O‘zMU Axborot xizmati