Mehr qo’llarini uzataylik!



O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili” yo'nalishi talabalari hamda tyutor Usmonova Yoqutxon tashabbuslari bilan "Mehr qo'llarini uzataylik!" shiori ostidagi Olmazor tumanidagi 100-maktab internatida bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad maktab tarbiyalanuvchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlash, universitet va maktab hamkorligini yanada yuqori pog‘onalarga ko'tarishdan iborat.
Tadbir mobaynida talabalar sahna chiqishlari orqali maktab o‘quvchilariga ham ko'tarinki kayfiyat baxsh etdilar. O‘tkazilgan kichik tanlov g‘oliblarini taqdirlash bilan bir qatorda barcha ishtirokchilarga sovg'alar ulashildi.
Xulosa o'rnida, Xorijiy filologiya fakulteti va maktab internati bilan madaniy-ma‘rifiy aloqalarni muntazam yo‘lga qo'yishni maqsad qildi. O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasining ibratli tashabbuslari bardavom bo‘lsin.
O’zMU Axborot xizmati