Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi

Normurodova Qunduz – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 227-15-44

e-mail: normurodovak@gmail.com


Kafedra tarixi va asosiy faoliyati, rahbari bo‘yicha to‘liq ma’lumot

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 1938 yilda Toshkent Davlat universitetida “Tuban o’simliklar” kafedrasi sifatida akademik I.A.Raykova tomonidan tashkil qilingan.

1940 yildan boshlab kafedraga prof. P.Golovin pahbarlik qilgan va Mikologiya yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan.

1956 yilda dotsent O.G.Yolkina kafedrada Mikrobiologiya yo’nalishini ochdi va shu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlangan: K.Yu.Musayev, F.G.Axmedova, Ya.F.Nizametdinova, M.L.Mansurova, A.M.Muzafarov, E.V.Kondratyeva, Sh.Tojiboyev, K.I.Ibodov.

1990 yildan boshlab Mikrobiologiya kafedrasini prof. A.X.Vaxabov boshgargan.

1989 yilda prof. M.M.Raximov Biotexnologiya kafedrasini tashkil qildi va shu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

2005 yilda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedralari birlashtirildi va kafedra mudiri prof. M.M.Raximov tayinlandi.

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 70 yil ichida birgina O’zbekiston uchun emas, balki Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’iston, qolaversa Rossiya federatsiyasi, uzoq xorij mamlakatlaridan Xitoy, Norvegiya, Koreya, Misr, Iroq, Kuba, Germaniya, AQSh mamlakatlari uchun ham Mikrobiologiya va biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelgan. Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari malaka oshirish maqsadida bir qancha xorij mamlakatlarning nufuzli universitetlariga yuborilmoqda.

O’zbekiston va xorijda Mikrobiologiya va biotexnologiya sohasini rivojlantiradigan yirik olimlar, fan doktorlari, professor, akademiklar Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasining sobiq talabalari hisoblanadi. “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi bitiruvchilari orasida davlat va jamoat arboblari, Oliy Majlis deputati, mamlakatimiz ilmiy muassasalar rahbarlari, etuk olimlar bor. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov va uning o‘rinbosari Sh.U. Turdiqulova, Toshkent shahridagi Ajou universiteti rektori G.A. Muratovlar ham kafedra bitiruvchilari hisoblanadi. Bundan tashqari, kafedra bitiruvchilari hozirgi kunda AQShning Kaliforniya va Nyu-York universitetlarida, Rossiya agrar universitetida va Qozog‘iston Respublikasining Pedagogika institutlarida faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada Tuban o’simliklar, Mikrobiologiya va virusologiya, Biotexnologiya va Tibbiyot mikrobiologiyasi kabi umumiy fanlar bakalavr talabalariga o’qitiladi.

Kafedrada Mikrobiologiya va virusologiya hamda Biotexnologiya mutaxassisliklari bo’yicha magistratura mavjud.

Mikrobiologiya va virusologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga Molekulyar mikrobiologiya, Sanoat mikrobiologiyasi, Viruslar molekulyar biologiyasi, Zamburug’lar biologiyasi, Mikroorganizmlar sistematikasi va sitologiyasi, Tuproq mikrobiologiyasi, Amaliy miklogiya va O’simliklar virusli kasalliklari fanlari o’qitiladi.

Biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga Molekulyar biotexnologiya, Amaliy enzimologiyai, Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi, Biologik spesifik asoslari, Biotexnologiya va ekologiya muammolari, Immunobiotexnologiya, Nanobiotexnologiya, Affin xromatografiyasi fanlari o’qitiladi.

Bugingi kunda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli Mikrobiologiya instituti, Biokimyo va biofizika instituti, O’simlik moddalar kimyosi institute, Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda, Vaxabov Abdurasul Xakimovich va Mirzaatxam Mirzaxakimovich Raximovlarni yaratgan ilmiy maktablarining iqtidorli tadqiqotchi olimlari O‘zbekiston mikrobiologiya, virusologiya va biotexnologiya olimlariga yetakchilik qilib kelayaptilar hamda o‘z bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.

2021 yildan Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasiga Biologiya fanlari doktori, prof. Normurodova Qunduz Tog’ayevna rahbarlik qilmoqda. 2019 yil Q.T.Normurodova prof. G’.A.Muratov rahbarligida “Kraxmal tutuvchi xom-ashyolardan etanol olish biotexnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi Biologiya fanlari doktori (DSc.) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Q.T.Normurodovaning ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq 75 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan respublikaning nufuzli jurnallarida 45 ta ilmiy maqola chop etilgan, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 30 dan ortiq tezis va maqolalar chop etilgan.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Mikrobiologiya va virusologiyaFanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga prokariotlar va viruslarning morfologiyasi, hujayra tuzilishi, ko’payishi, ularning tabiatda tarqalishi df har xil faktorlarning ta’siri, odam hayotidagi ahamiyati bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, Mikrobiologiya va virusologiyaning asosiy tushunchalari va bo’limlarini o‘rgatish hamda ulardan amaliyotda foydalanish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
2Biotexnologiya“Biotexnologiya” fani biojarayonlar va biosistemalar majmuasi asosida tirik organizmlar ishtirokida sanoat miqyosida mahsulot ishlab chiqarish va genetik jihatdan modifikasiyalangan mahsulotlar va organizmlar yaratish, irsiyatni o’zgartirish, qishloq xo’jaligi uchun biopreparatlar, immunostimulyatorlar olishning tezkor usullarini ishlab chiqish va ular yordamida virus, bakteriyalarni aniqlash usullarini o’rgatadi.
3Tibbiyot mikrobiologiyasi“Tibbiyot mikrobiologiyasi” fani insonlarda mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarlarning sabablari va alomatlari, ularni qo’zg’atuvchilari va patogenezining o’ziga xos xususiyatlari, yuqumli kasalliklarni aniqlashning asosiy usullari bilan tanishtiradi.
4Molekulyar mikrobiologiyaFanni o‘qitishdan maqsad – mikroorganizmlarni molekulyar darajada identifikatsiya qilish, mikroorganizm hujayrasidan nukein kislotalarini ajratish, mikroorganizmlar olamida mutagenez hodisasi, polimer zanjirli reaksiya, gel-filtratsiya usullari, molekulyar klonlash va DNK sekvensi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
5Viruslar molekulyar biologiyasiFanni o‘qitishdan maqsad – viruslarni tirik organizmlar sistematikasidagi o’rni, viruslarning strukturasi, virus va hujayra orasidagi munosabatlarni yoritishda zamonaviy usullarni qo’llash bilan tanishtirishdan iborat.
6Sanoat mikrobiologiyasiFanni o‘qitishdan maqsad – mikroorganizmlar asosida yangi texnologik jarayonlar yaratish va ulardan foydalanish, mikrob texnologiyasi nazariyasining asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
7Molekulyar biotexnologiyaFanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga gen va genomlarni tuzilishi,  turli vektorlar, transgen organizmlar yaratish, molekulyar klonlash va DNK sekvensi, molekulyar diagnostikalar bo’yicha ko‘nikma hosil qilishdan iborat.
8Amaliy enzimologiyaiFanni o‘qitishdan maqsad – turli biotexnologik jarayonlarni tahlil qilish, turli oqova suvlarni tozalash, organik chiqindilarni qayta ishlashda biotexnologik jarayonlarni yaratish va mikroorganizmlar fermentlarining asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
9Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasiFanni o‘qitishdan maqsad – biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasining yutuqlari va ularni xalq xo’jaligidagi ahamiyati, biologik faol va dorivor moddalarni o’rganishning asosiy tushunchalari hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh  Ilmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Normurodova Qunduz Tog’ayevnaBiologiya fanlari doktori, dotsentKraxmal tutuvchi xom-ashyolardan etanol olish biotexnologiyasini takomillashtirish
2Vaxabov Abdurasul XakimovichBiologiya fanlari doktori, professorO’zbekiston ekologik sharoitida eng ko’p tarqalgan fitoviruslar xarakteristikasi
3Tashmuxamedova Shoxista SobirovnaBiologiya fanlari doktori, professorZamonaviy usullar yordamida bakterial va virusli antigenlarni identifikasiyalash
4Shurigin Vyacheslav VladimirovichBiologiya fanlari doktori, dotsentNoxatlarning o‘sishi va rivojlanishini stimulyasiyalovchi rizosfera mikroorganizmlarini roli va uning tuzli sharoitda ildiz kasalliklarini biologik nazorat qilish
5Kadirova Zuhra AxrorovnaBiologiya bo’yicha falsafa fanlari doktoriMikroklonlash usuli yordamida virussiz Physalis alkekengi dorivor o’simligini yaratish va biologik faol moddalarni olish

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Normurodova Qunduz Tog’ayevnanormurodovak@gmail.com
2Vaxabov Abdurasul Xakimovichvaxabov@gmail.com
3Tashmuxamedova Shoxista Sobirovnashokhista.tashmukhamedova@gmail.com
4Shurigin Vyacheslav Vladimirovichslaventus87@inbox.ru
5Kadirova Zuhra Axrorovnazukhra_abrarovna7@mail.ru
6Abdusamatov Soxibjon Abdusamatovichsokhibjon.abdusamatov@gmail.com

Ilmiy labaratoriyalar (mavjud bo‘lsa)

2020 yil Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrada “EcoBiom”  biologiya o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil qilindi.


To‘garaklar: “Yosh Biotexnologlar” va “Yosh Mikrobiologlar” to‘garagi “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasining tarkibiy qismi hisoblanadi. To‘garak tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, universitet talabalarining intelektual, madaniy va ma’naviy rivojlannishida hamda ularning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishni yaxshilash va sifatini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, Mikrobiologiya va biotexnologiya yo’nalishlaridagi ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan.