Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Milliy universitetda imkoniyati cheklan(ma)gan talabalar uchun intellektual turnir tashkil etildi

Nogironligi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatini yuzaga chiqarish, intilishlariga rag‘bat berish maqsadida O'zbekiston Milliy universitetining Tarix fakultetida 13-noyabr – Xalqaro ko‘zi ojizlar hamda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “O‘zbekistonda hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida intellektual turnir tashkil etildi.

Ushbu turnir doirasida universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan nogironligi mavjud 300 dan ortiq imkoniyati cheklangan talabalar “Shashka” musobaqasi va "Zakovat" intellektual o'yinlarida faol ishtirok etdi.