🔴 Bugun, 11 iyul kuni OʼzMU delegatsiyasi Аvstriyaning Zaltsburg universitetiga tashrif buyurdi.
🔴 Ma’lumki, mazkur universitet bilan 2019 yilda qoʼshma ta’lim dasturi yoʼlga qoʼyish boʼyicha hamkorlik kelishuvlari boshlangan edi va 5 bosqichli hamkorlik yoʼnalishlari amalga oshgandan soʼng ya’ni : talabalar almashinuvi, doktorant va oʼqituvchilar almashinuvi, Erasmus dasturlarida ishtirok, xamkorlikda xalqaro konferentsiya va 2020 yil yilda «E-learning center DSinGIS:Docroral Studies in Geoinformation Sciences» elektron oʼquv markazi yoʼlga qoʼyildi.
🔴 Ushbu hamkorlik ikki yetakchi OTM oʼrtasidagi koʼp yillik samarali hamkorlik natijasida yaratildi va bugun Zaltsburg universiteti bilan «Аmaliy geoinformatika» 1+1 magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlash rasmiy hujjat- Ikki yoqlama diplom shartnomasi imzolash marosimi boʼlib oʼtdi.
🔴 Mazkur universitet rektori geologiya fanlari doktori Dr. Bernhard Fügenschuh ikki universitet oʼrtasidagi 7 yillik faol hamkorlikni ya’ni xalqaro ilmiy va taʼlim platformalarida hamkorlik, Erasmus+ va boshqa xalqaro loyihalarda ishtirok, professor-oʼqituvchilar almashinuvi, tajriba almashinuvi, geoinformatika va turdosh fanlar boʼyicha xalqaro konferentsiyalar va forumlarda doimiy ishtirokni yuqori baholadi.
Ma’lumot oʼrnida
Zaltsburg universiteti (Paris Lodron Universität Salzburg) esa, oʼz navbatida, Z_GIS Geoinformatsiya fanlari markazining geoinformatsion tadqiqotlar sohasidagi innovatsion faoliyati tufayli jahon miqyosida yetakchi universitet sifatida tan olingan.Universitet 1622 yilda tashkil topgan boʼlib, 2025 yilda QS reytingida 601-610, Times Higher Education reytingida esa 601-800 oraligʼida baholangan hamda QS Barqarorlik Reytingida 372-oʼrinni egallab kelmoqda.

