Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga «MEI» Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

O`zbekiston Milliy universitetiga «Moskva energetika instituti (MEI)» Milliy tadqiqot universiteti rektori Nikolay Rogalev Dmitriyevich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Konstruktiv ruhda o’tgan uchrashuvda O`zMU rektori professor Inom Madjidov tomonidan bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va uning universitetdagi samarasi, mavjud imkoniyatlari, dolzarb yo'nalishlarda hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha takliflar berildi. O'z navbatida Milliy tadqiqot universiteti "Moskva energetika instituti" rektori tomonidan takliflar ma'qullanib, o'zaro talabalar, professor-o'qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar, malaka oshirish va stajirovka dasturlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi bildirildi.

O`zMU Axborot xizmati