Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Monreal universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 11-iyul 2023-yildagi 2/12-1/25-409-sonli xatidagi topshirig‘iga muvofiq Kanada oliy taʼlim muassasalari o‘rganib chiqilib, Laval universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar boshlangan edi.

Bugun Kanadaning yana bir xalqaro reytinglarda yuqori o‘rin egallagan (THE-111 va QS-116) Monreal universiteti bilan hamkorlik masalasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida har ikki universitetlar bilan tanishtirib o‘tildi va umumiy qiziqishlar va maqsadlar muhokama etildi.

Monreal universitetining bir qator ilmiy va o‘quv dasturlari hamda ularda ishtirok etish imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, Monreal universiteti tomonidan talabalar almashinuvi dasturlarida asosan fransuz tili o‘rganuvchi talabalarga qiziqish bildirildi. Mazkur universitetda darslar va dasturlar asosan fransuz tilida olib borilishi taʼkidlandi. Bundan tashqari, ingliz tilida so‘zlashuvchi talabalar uchun ham maxsus fransuz tili darslari o‘tilishi aytib o‘tildi.

Muloqot so‘ngida mos keluvchi sohalar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.