2021-yilning 10-dekabr kuni N.P.Ogarev nomidagi Mordova Davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Glushko Dmitriy boshchiligidagi delegatsiya Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan oʼzaro hamkorlik memorandumini imzolash va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdan iborat. Konstruktiv ruhda o’tgan uchrashuvda tomonlar, eng avvalo, talaba-yoshlarning oʼquv va madaniy dasturlari doirasida hamkorlik qilish, birgalikda fundamental va amaliy tadqiqotlar o’tkazish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, kelgusida biotexnologiya, yoritish texnikasi kabi sohalarda hamkorlik qilish borasida fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida Oʼzbekiston Milliy universiteti va Mordova Davlat universiteti oʼrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.