Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

NAZARIYA VA AMALIYOT UYG’UNLIGI

2022-yilning 8-aprel kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi" kafedrasi dotsenti Jamshid Yusubov, dotsent v.b. Gulbaxor Isanova va tyutor Farxod Abdullayevlar boshchiligida Siyosatshunoslik yoʼnalishi 1-kurs А patok talabalari “Аmaliy siyosatshunoslik” fani doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari” qoʼmitasi faoliyati, kutubxonasi va muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrifdan maqsad - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda deputatlar faoliyati, qonunlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonini oʼrganish, talaba-yoshlarni barcha sohalarga oid dunyoqarashlarini yanada oshirish hisoblanadi.

O’zMU Axborot xizmati