Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Nizomiy Ganjaviy: madaniyat o‘rtasidagi ko‘priklar

2021 yil 24-27 noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida Ozarbayjon Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon Oliy ta’lim vazirligi hamkorligida Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan "Низомий Ганжавий: Мосты между культурами" mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Xalqaro forumda 10 ortiq davlatlardan filolog, manbashunos, matnshunos, faylasuf va tarixchi olimlar ishtirok etdi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Falsafa va ma’naviyat asoslari" kafedrasi mudiri professor, falsafa fanlari doktori Niginaxon Shermuxamedova "Nizomiy Ganjaviy Xamsa asarining hozirgi davr ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishdagi falsafiy ahamiyati", O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti "O‘zbek adabiyoti" kafedrasining mudiri professor, filologiya fanlari doktori Xamidulla Boltaboyev"Nizomiy Ganjaviy ijodining zamonaviy badiiy adabiyotning rivojlantirishdagi o‘rni" mavzularda ma’ruza qildilar. O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etilgan "Nizomiy Ganjaviyning o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlarining taqdimoti"da ishtirok etdilar.

Forum tashkilotchilari tomonidan O‘zbekiston Milliy universiteti professori Niginaxon Shermuxamedova hamda professor Xamidulla Boltaboyevlar "Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

O‘zMU Axborot xizmati