Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼZMU – QS XАLQАRO JURNАL SАHIFАSIDА

QS GLOBAL EDUCATION NEWS (QS-GEN) jurnalining 2021 yil avgust sonining 54-sahifasida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti haqida "NUU expands global capacity through joint educational programmes" mavzusida maqola chop etildi.
Maqolada Oʼzbekiston milliy universiteti mamlakatning yetakchi taʼlim muassasasi sifatidagi pozitsiyani qoʼllab-quvvatlash maqsadida olib borayotgan xalqaro hamkorlik tashabbuslari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qoʼshma dasturlar xaqida maʼlumot berilgan. Bunday tashabbuslardan biri sifatida Tomsk Davlat niversiteti, Qozon Federal Universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti, Isroil davlatining Xolona Texnologik instituti, Belorussiya Davlat Universiteti, xamda Saxarov Halqaro Davlat Ekologik Insitutlari bilan xamkorlikda amalga oshirilgan magistratura va bakalavriat dasturlarini misol keltirishimiz mumkin.
Shu maʼnoda, bunday xalqaro miqyosdagi jurnalda Oʼzbekiston Milliy universiteti haqidagi maqolaning chop etilishi va butun dunyo boʼylab yoyilishi universitetning dunyo miqyosdagi obroʼsining oshishiga ulkan hissa qoʼshadi va xalqaro reytinglarda bundan ham yuqori oʼrinlarni egallashiga turtki beradi.

Maʼlumot oʼrnida: QS GLOBAL EDUCATION NEWS (QS-GEN) - Har chorakda bir marta chop etiluvchi onlayn jurnal xisoblanib, unda tadqiqotdagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik, halqaro almashinuv shartnomalari va butun dunyo boʼylab oliy oʼquv yurtlari doirasida sodir bӯlayotgan boshqa yutuqlar haqida maʼlumot yoritiladi.
Jurnal butun dunyo boʼylab akademiklar va universitet rahbarlarining tarmogʼiga yuboriladi. Ӯz navbatidi bosma nashrning bepul nushalari ham butun dunyodagi universitet rahbarlariga yuboriladi, bundan tashqari, bu nusxalar barcha QS tadbirlarida ommaga yoritib boriladi.

OʼzMU Аxborot xizmati