Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼzMUda kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida joriy oʼquv yilida abiturientlar, jumladan imkoniyati cheklangan yoshlar ham 3 kun - 28 iyulь kuni Sport faoliyati (kurash), 29 iyulь kuni Sport faoliyati (taekvando) va 30 iyulь kuni Sport faoliyati (regbi) yoʼnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradilar. Аbiturientlarning imtihon oʼtkaziladigan binoga kirishlaridan to imtihonlarni tugatib, binoni tark etguniga qadar boʼlgan barcha jarayonlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etildi. Shu bilan birga, abiturientlarning imtihon ballari imtihon oʼtkazilgan kunning oʼzidayoq eʼlon qilindi.

OʼzMU Аxborot xizmati